UJK · 65-modda

65-modda. Turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirish

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, oʻzgartirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bunga ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.

Ijaraga beruvchining, ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish yoki oʻzgartirishni rad etishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi.

Turar joy va yordamchi xonalarni ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan ijaraga oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirish man etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.