UJK · 79-modda

79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan koʻchirish

Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan koʻchiriladilar.

Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.