YK · 46-1-modda

46-1-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan oʻlchamlari

Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi:

1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 1-1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;

1-1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;

2) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:

sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;

bogʻdorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;

paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;

gʻallachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;

3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:

paxtachilik-toʻqimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;

gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;

sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;

bogʻdorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;

pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.