Firibgarlarga pul berib qo'ydim, nima qilish kerak?
Qisqa javob
Kechiktirmasdan ichki ishlar organiga jinoyat haqida ariza bering (yozma yoki og'zaki). Firibgarlik — jinoyat. Karta orqali o'tkazgan bo'lsangiz, bankka ham darhol qo'ng'iroq qiling. Ariza ro'yxatga olinib, qonundagi muddatda ko'rib chiqilishi shart.
HuquqTech tahririyati tayyorlagan · qonun matni lex.uz bilan solishtirilgan: · Metodologiya
Dalillarni saqlang: o'tkazma cheki, karta raqami, yozishmalar skrinshoti, telefon raqamlari, sayt yoki kanal havolasi. Anonim xabar asosida ish qo'zg'atilmaydi — arizangizga imzo qo'ying va shaxsingizni ko'rsating.
Ariza bo'yicha qaror (ish qo'zg'atish yoki rad etish) haqida sizga xabar berilishi kerak; rad etish ustidan prokuror yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik: a) ancha miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha oz…
Shaxslarning jinoyat toʻgʻrisidagi arizalari yozma yoki ogʻzaki boʻlishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. Ogʻzaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak. Arz qiluvchi jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Soʻngra bayonnomada jinoyat …
Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. Ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomi…
Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.