1. Bitim tushunchasi va uning turlari
BITIMLAR — fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirishga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan HARAKATLARIDIR.
⚠️ SHARTNOMA — BITIMNING BIR TURI. Har qanday shartnoma bitim, lekin har qanday bitim shartnoma emas.
BITIMLAR IKKI GURUHGA bo'linadi:
BIR TARAFLAMA bitim — uni tuzish uchun bir tomonning irodasi yetarli. Misollar: vasiyatnoma, ishonchnoma berish, merosdan voz kechish, ofertani chaqirib olish.
IKKI (yoki KO'P) TARAFLAMA bitim — ya'ni shartnoma, unda ikki yoki undan ortiq tomonning kelishilgan irodasi kerak.
BIR TARAFLAMA BITIM QOIDASI: u uni tuzgan shaxs uchun majburiyat vujudga keltiradi; boshqa shaxslar uchun esa majburiyat faqat qonunda nazarda tutilgan yoki o'sha shaxslar bilan kelishilgan hollarda yuzaga keladi.
Ya'ni bir tomonlama harakat bilan boshqa odamga burch yuklab bo'lmaydi. Bir taraflama bitimlarga tegishli tarzda shartnoma to'g'risidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi.
Vasiyatnoma yozildi — bu bir taraflama bitim va merosxo'rlarning roziligi talab qilinmaydi.
Asosiy fikrlar
- Bitim — huquq va burch yuzaga keltiruvchi harakat
- Shartnoma — bitimning bir turi
- Bir taraflama bitim uchun bir iroda yetarli
- Bir tomonlama boshqa shaxsga burch yuklab bo'lmaydi
Ishonchnoma ham bitim — uni bekor qilishni ham rasmiylashtirish kerak.
Qonun asosi: FK 101-modda, FK 102-modda, FK 103-modda