PQ-348-son Qaror · 06.05.2006

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-348
  • Qabul qilingan sana:06.05.2006
  • Kuchga kirgan sana:06.05.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 18

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 1998-yilning 6-mayida Moskva shahrida imzolangan axborot-madaniyat markazlarini taʼsis etish va ularning faoliyat shartlari toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 6-may,

PQ–348-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.