PQ-353-son Qaror · 20.05.2006

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-353
  • Qabul qilingan sana:20.05.2006
  • Kuchga kirgan sana:20.05.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 20-21

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga foydalanilgan avtotransport vositalari olib kirilishini tartibga solish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qarorining 12-2-raqamli ilovasiga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Belgilansinki, kiritilgan oʻzgartishlar 2006-yilning 1-iyunidan boshlab kuchga kiradi.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 20-may,

PQ-353-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.