Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasini iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari eng muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish monitoringini muvofiqlashtirish sohasida uning zimmasiga yuklangan qoʻshimcha vazifalar va funksiyalarga muvofiq takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining cheklangan soni 165 shtat birligidan iborat boʻlgan markaziy apparati (xizmat koʻrsatish xodimlaridan tashqari) tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi oʻzgarganligini eʼtiborga olgan holda uning faoliyatini joriy taʼminlashga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan zarur sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 8-avgustdagi PQ-148-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-iyul,
PQ-398-son