Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining eksport kreditlaridan foydalanib, “Andijon suv omboridagi 2-GES uchun XXRdan uskunalar yetkazib berish” va “Ohangaron suv omboridagi MGES uchun uskunalar yetkazib berish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” Ixtisoslashgan birlashmasi “China National Elektric Equipment Corporation” (XXR) kompaniyasi bilan Andijon suv omboridagi 2-GES uchun 11 800 ming AQSh dollariga va Ohangaron suv omboridagi MGES uchun 6 952 ming AQSh dollariga teng miqdordagi texnologiya uskunalarini yetkazib berish boʻyicha kontraktlar tuzgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, mazkur kontraktlarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Andijon suv omboridagi 2-GES uchun (1770 ming AQSh dollari) hamda Ohangaron suv omboridagi MGES uchun (1042,8 ming AQSh dollari) kontraktlar qiymatining 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” IB mablagʻlari hisobidan;
Andijon suv omboridagi 2-GES uchun (10 030 ming AQSh dollari) hamda Ohangaron suv omboridagi MGES uchun (5 909,2 ming AQSh dollari) tegishli kontraktlar qiymatining 85 foizi XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davrini ham qoʻshib hisoblaganda 15 yil muddatga beriladigan qarz mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari hisobidan toʻlanadi.
3. Andijon suv omboridagi 2-GES uchun va Ohangaron suv omboridagi MGES uchun texnologiya uskunalarini yetkazib berish boʻyicha investitsiya loyihalarining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
kreditlarni toʻlash jadvallari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirishga masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
kapital qoʻyilmalar xarajatlari, asosiy qarzni toʻlash, kredit xizmatlari bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” IB mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
kredit mablagʻlaridan oʻz vaqtida foydalanish, “Oʻzsuvenergo” IB mablagʻlari hisobidan kredit xizmatlari koʻrsatish va toʻlash ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur kontraktlar asosida:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” Ixtisoslashgan birlashmasi bilan XXR Eksimbanki kreditlarini qayta moliyalash boʻyicha kredit shartnomalarini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda XXR Eksimbankiga yakka tartibdagi qarz bitimlari boʻyicha tasdiqnomalar berishga vakil qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari kontraktlar amal qiladigan muddatda konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-iyun,
PQ-389-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-iyundagi PQ-389-son qaroriga1-ILOVA
“Andijon suv omboridagi 2-GES uchun XXRdan uskunalar yetkazib berish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-iyundagi PQ-389-son qaroriga2-ILOVA
“Ohangaron suv omboridagi MGES uchun XXRdan uskunalar yetkazib berish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-iyundagi PQ-389-son qaroriga3-ILOVA
“Andijon suv omboridagi 2-GES uchun XXRdan uskunalar yetkazib berish” loyihasi boʻyicha asosiy qarz, foizlar va komissiyalarni toʻlash
* Asosiy qarzni toʻlashning dastlabki sanasi qarz bitimi kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
** Komissiyalar va foizlar qarz bitimining haqiqiy summasi, yetkazish (tanlab olish) sanasi hamda kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Kreditni tanlab olish davri prognoz hisoblanib, qarz bitimining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-iyundagi PQ–389-son qaroriga4-ILOVA
“Ohangaron suv omboridagi MGES uchun XXRdan uskunalar yetkazib berish” loyihasi boʻyicha asosiy qarz, foizlar va komissiyalarni toʻlash
* Asosiy qarzni toʻlashning dastlabki sanasi qarz bitimi kuchga kirishi sanasiga bogʻliq.
** Komissiyalar va foizlar qarz bitimining haqiqiy summasi, yetkazish (tanlab olish) sanasi hamda kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Kreditni tanlab olish davri prognoz hisoblanib, qarz bitimining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.