Xorijiy investor tomonidan Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankining ulushi sotib olinishi munosabati bilan:
1. Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yigʻilishining uni Oʻzbekiston — Germaniya “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida” 1994-yil 18-martdagi PF-794-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida” 1994-yil 18-martdagi PF-794-son Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 23-yanvardagi PF–2805-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-iyun,
PF-3764-son