Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-iyul,
PF-3771-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-iyuldagi PF–3771-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF–3080-son Farmoni 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish soligʻi, ekologiya soligʻi” soʻzlari “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)