PF-3800-son Farmon · 14.09.2006

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmon va qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3800
  • Qabul qilingan sana:14.09.2006
  • Kuchga kirgan sana:14.09.2006
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 37-38

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-sonli qaroriga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 14-sentabr,

PF-3800-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi PF–3800-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmon va qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-son Farmoni 2-bandidagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” OAJga” soʻzlari “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJga” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni:

3-bandida va 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” OAJ va uning mintaqaviy boʻlinmalari” soʻzlari “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

4-bandida va 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” OAJ” soʻzlari “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.