PQ-523-son Qaror · 04.12.2006

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-523
  • Qabul qilingan sana:04.12.2006
  • Kuchga kirgan sana:04.12.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 48-50

“Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:

1. 2006-yilning 4-sentabrida Ostona shahrida (Qozogʻiston Respublikasi) imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotlarni oʻzaro muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bitim;

2001-yilning 16-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston—Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtish punktlari toʻgʻrisidagi Bitim Protokoli tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) mazkur qarorda qayd etib oʻtilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida Qozogʻiston Respublikasiga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining ularda nazarda tutilgan majburiyatlari ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 4-dekabr,

PQ-523-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.