PQ-520-son Qaror · 01.12.2006

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-520
  • Qabul qilingan sana:01.12.2006
  • Kuchga kirgan sana:01.12.2006
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 12

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PP-11-s-sonli Qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasiga vazirning Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova berilmaydi.

3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PP-11s-sonli Qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PQ-192-sonli Qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. S. Shamsiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 1-dekabr,

PQ-520-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.