Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda uning rolini kuchaytirish maqsadida:
(1, 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi tugatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
5. Quyidagilar:
(5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentining yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga mazkur qarorga muvofiq oʻzgartirishlar kiritsin;
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, tegishli moddiy balanslarni ishlab chiqish va kelishish, ular amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish masalalariga alohida eʼtiborni qaratsin;
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlarini chuqur bilimli va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-358-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ-316-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-mart,
PQ-601-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi
Departament mudiri — 1 Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish shuʼbasi Shuʼba mudiri — 1 Fermerlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yerlardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis — 1 Suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Chorvachilikni rivojlantirish masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri — 1 Bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish shuʼbasi Shuʼba mudiri — 1 Yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Goʻsht-sut sanoatini rivojlanti�ish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Gʻallani qayta ishlash va chorva ozuqasi ishlab chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Paxtani qayta ishlash sanoati va yengil sanoat shuʼbasi Shuʼba mudiri — 1 Paxta xomashyosini qayta ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Yengil sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1 Savdoni va pulli xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis — 1 Inspektor — 1 Jami — 24
Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari: Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi “Oʻzgidromet” markazi “Oʻzagromashservis” uyushmasi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Oʻzbekiston ovchilar va baliqchilar uyushmasi “Oʻzdavdoninspeksiya” Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi “Sifat” markazi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi Oʻzbekiston Fermerlari kengashi “Hunarmand” uyushmasi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Agrobank” ATB “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi “Qishloq qurilish bank” ATB Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi Ulgurji bozorlar, yarmarkalar, xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi Oʻzbekiston respublika kadrlar jamiyati Oʻzbekiston respublika koʻzi ojizlar jamiyati “Mahalliy sanoat” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)