PQ-606-son Qaror · 20.03.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-606
  • Qabul qilingan sana:20.03.2007
  • Kuchga kirgan sana:20.03.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 12

Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda soliq maslahatchilari tashkilotlarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish tartibini yoʻlga qoʻyish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “bozorlar hamda”, “bozorlar va” soʻzlari “bozorlar hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari va bozorlar” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek bozorlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 20-mart,

PQ-606-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.