PF-3636-son Farmon · 25.07.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-3568-sonli Farmonini qisman oʻzgartirish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3636
  • Qabul qilingan sana:25.07.2005
  • Kuchga kirgan sana:25.07.2005
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 7

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 2-qismiga muvofiq:

1. Vazirlar Mahkamasining tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari —iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot kompleksi hamda isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi rahbari lavozimi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar masalalari kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin.

2. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 25-iyul,

PF–3636-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.