PQ-536-son Qaror · 21.12.2006

Toshkent viloyati hokimligi tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-536
  • Qabul qilingan sana:21.12.2006
  • Kuchga kirgan sana:21.12.2006
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 12

Toshkent viloyati mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari oldida turgan vazifalarni bajarish, qishloq xoʻjaligi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, agrar tarmoqdagi islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida:

1. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining xodimlar cheklangan soni 48 kishidan iborat boʻlgan yangilangan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova berilmaydi.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-yanvardagi PQ-1456-sonli qarori tahririda)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 17-noyabrdagi PQ-223-sonli Qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur Qarorning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 21-dekabr,

PQ-536-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.