Muborak Qurbon hayitining xalqimiz maʼnaviy hayoti, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini yuksaltirishdagi oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:
1. 2006-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 30-dekabrga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini inobatga olib, 2006-yil 30-dekabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-dekabr,
PQ-537-son