PF-3886-son Farmon · 19.06.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3886
  • Qabul qilingan sana:19.06.2007
  • Kuchga kirgan sana:19.06.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25-26

Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi munosabati bilan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-sonli Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ixtiyoriy tugatilganda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab yagona yer soligʻini hisoblab yozish tugatiladi.

Ixtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs faoliyatini ixtiyoriy tugatish va faoliyatini tiklash tartib-taomillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda soliq imtiyoz qoʻllanadigan butun davr uchun toʻliq hajmda olinadi”.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 19-iyun,

PF-3886-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.