PQ-823-son Qaror · 27.03.2008

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-823
  • Qabul qilingan sana:27.03.2008
  • Kuchga kirgan sana:27.03.2008
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 14-15

Eksport-import operatsiyalarini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni yanada takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati Tovar nomenklaturasini jahon tajribasida qoʻllanilayotgan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2007-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosida aylanayotgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uygʻunlashtirish maqsadida, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga 2007-yilda kuchga kirgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

2. 2008-yilning 1-aprelidan boshlab tovarlar oʻninchi raqam darajasigacha yanada aniq klassifikatsiya qilingan (2007-yilgi versiyada) Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan Tovar nomenklaturasi amalga kiritilsin

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2008-yilning 10-apreligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan (2007-yilgi versiyada) Tovar nomenklaturasi chop etilishi hamda manfaatdor tuzilmalarga yetkazilishini taʼminlasin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 359-modda)

4. 2008-yilning 1-aprelidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 27-mart,

PQ-823-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-sonli qaroriga 2-ILOVA

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Germaniya taraqqiyot banki hamda Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Toshkent (Toʻqimachi) — Angren” temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-582-son qarorining 6-bandidagi “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 00)” soʻzlari “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 000)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.