PQ-820-son Qaror · 24.03.2008

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-820
  • Qabul qilingan sana:24.03.2008
  • Kuchga kirgan sana:24.03.2008
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 3

2008-yil 17-18-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga Rasmiy tashrifi chogʻida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo hamda idoralararo bitimlarni toʻlaqonli va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga Rasmiy tashrifi chogʻida imzolangan bitim va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish Tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq;

* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik doirasida amalga oshirish uchun ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Ushbu Qaror ilovalarida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar, masʼul ijrochilar Birlashgan Arab Amirliklari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Rasmiy tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar ijrosi, ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturida nazarda tutilgan aniq tadbirlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.

3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmalariga yuklansin.

Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga har chorakda axborot berib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 24-mart,

PQ-820-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.