PQ-793-son Qaror · 13.02.2008

“Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi va Saudiya Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-793
  • Qabul qilingan sana:13.02.2008
  • Kuchga kirgan sana:13.02.2008
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 2

Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirishni taʼminlash, uzluksiz taʼlimning yaxlit tizimini yanada rivojlantirish va sifatini oshirish, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish uchun:

OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi (OPEK jamgʻarmasi) Boshqaruvchilar Kengashi besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 20 yil muddatda toʻlash sharti bilan 5,0 mln. AQSH dollariga teng miqdorda Oʻzbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz berilishini maʼqulladi;

Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ) Direktorlar Kengashi besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 25 yil muddatda toʻlash sharti bilan 60,0 mln. Saudiya riali (ekvivalenti 16 mln. AQSH dollariga teng) miqdorda Oʻzbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz berilishini maʼqulladi.

2. Belgilansinki:

mazkur qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK va STJ oʻrtasidagi Qarz bitimlari asosida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

loyiha uch yil (2008—2011-yillar) davomida amalga oshiriladi;

maktablar loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida Budjetdan tashqari maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi;

OPEK Jamgʻarmasi va STJning qarzlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

OPEK Jamgʻarmasi va STJning qarz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) haqi mazkur valyuta mablagʻlarini ichki bozorda ayirboshlash orqali milliy valyuta “soʻm”da toʻlanadi.

3. OPEK Jamgʻarmasi va STJning qarzlarini toʻlash jadvallari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamgʻarmasi va STJ oʻrtasidagi Qarz bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamgʻarmasi va STJ oʻrtasidagi Qarz bitimlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-maydagi 104-sonli qaroriga muvofiq tuzilgan “Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish guruhiga loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalarini yuklash boʻyicha tashkiliy masalalarni qarz bitimlari shartlariga muvofiq qoʻshimcha zarur mutaxassislarni yollagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan shtat jadvalini va har yilgi budjetlarni albatta kelishib olgan holda hal etsin;

ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etishni taʼminlasin;

bir oy muddatda loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tender komissiyasi tarkibini tasdiqlasin;

OPEK Jamgʻarmasi va STJ kreditlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek, loyihani amalga oshirish samaradorligi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin.

6. Loyihani amalga oshirish davrida:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini qurish uchun olib kelinadigan hamda OPEK Jamgʻarmasi va STJ qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan uskunalar, anjom, xom ashyo va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);

OPEK Jamgʻarmasi va STJ qarz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra, belgilangan tartibda:

loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan rasmiylashtirishni;

loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 13-fevral,

PQ-793-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-fevraldagi PQ-793-son qaroriga1-ILOVA

OPEK jamgʻarmasining qarzini uzish va “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash

* Foizlarning toʻlov va xizmatlar uchun komissiyalar summalari Qarz bitimi loyihasi olingandan soʻng, shuningdek, mablagʻlarni oʻzlashtirishning haqiqiy qiymati va sanasiga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-fevraldagi PQ-793-son qaroriga 2-ILOVA

Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining qarzini uzish va “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash

* Foizlarning toʻlov summasi Qarz bitimi loyihasi olingandan soʻng, shuningdek, mablagʻlarni oʻzlashtirishning haqiqiy qiymati va sanasiga koʻra aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.