PQ-790-son Qaror · 11.02.2008

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-790
  • Qabul qilingan sana:11.02.2008
  • Kuchga kirgan sana:11.02.2008
  • Holati:Amalda

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda MDX davlat rahbarlari Kengashining 2003-yil 19-sentabrdagi “MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar tomonidan “Igla” va “Strela” rusumli koʻchma zenit raketa komplekslarini xalqaro yetkazishni nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq:

1. 2007-yil 18-may kuni (Moskva shahri) tomonlar imzolagan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida koʻchma zenit raketa komplekslarini uzatish (olish) toʻgʻrisida maʼlumot almashish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillar bajarilganligi toʻgʻrisida Rossiya Federatsiyasiga tegishli bildirishnomani yuborsin.

3. Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev), Mudofaa vazirligi (R. Mirzayev), Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov), Adliya vazirligi (R. Muxitdinov) Bitim kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 11-fevral,

PQ-790-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.