Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-oktabrdagi PF-4041-son Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-sentabrdagi PQ-956-son qarorining 1—3-ilovalari 1—3-ilovalarga* muvofiq holdagi tahrirda bayon etilsin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-noyabr,
PQ-995-son