PF-4051-son Farmon · 10.11.2008

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4051
  • Qabul qilingan sana:10.11.2008
  • Kuchga kirgan sana:10.11.2008
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 46

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng koʻlamda foydalanishlarini taʼminlash maqsadida:

1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2008-2009-yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha 72 mlrd. soʻmga koʻpaytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd. soʻmga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PF-4524-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 175-modda)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 10-noyabr,

PF-4051-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-son Farmoniga 1-ILOVA

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali va unga qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-son Farmonida:

a) 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) 8-bandda:

“2011-yilning” soʻzlari “2015-yilning” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“berilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.