PF-4053-son Farmon · 18.11.2008

Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4053
  • Qabul qilingan sana:18.11.2008
  • Kuchga kirgan sana:18.11.2008
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 47

Iqtisodiyot real sektori korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga investitsiyalarni, shu jumladan, tijorat banklarining mablagʻlarini keng jalb etish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 286-modda)

4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

auksion va tanlov savdolarida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish Tartibini;

iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:

sotib olingan bankrot korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va sotish borasida tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish;

loyihalarni investitsiyalash, investitsiyaviy kreditlarni berish va xizmat koʻrsatish masalalari bilan shugʻullanuvchi tijorat banklarining tarkibiy boʻlinmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 24-yanvarda qabul qilingan PF-3202-son Farmoni 3-bandining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 18-noyabr,

PF-4053-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.