Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-yanvardagi PQ-775-son qaroriga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-noyabr,
PQ-1007-son