Budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarining halol mehnatini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida hamda kirib kelayotgan Yangi – 2009-yil bayrami munosabati bilan:
1. 2008-yilning dekabr oyida budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari oylik lavozim maoshining 10 foizi miqdorida pul bilan bir yoʻla mukofotlansin.
2. Budjet tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla pul mukofotini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur mukofotni toʻlash tartibi va manbalarini belgilasin.
3. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlarga oʻz xodimlarini shaxsiy mablagʻlari hisobidan bir yoʻla mukofotlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-dekabr,
PF-4069-son