PF-3022-son Farmon · 31.01.2002

Sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3022
  • Qabul qilingan sana:31.01.2002
  • Kuchga kirgan sana:31.01.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 1

Sugʻurta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada sugʻurta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, sugʻurta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida:

1. 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sugʻurta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin va buning natijasida boʻshaydigan mablagʻlar aniq maqsadni koʻzlagan holda mazkur tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shoxobchalarini tashkil etishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilsin.

2. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

soliq olishdan boʻshaydigan mablagʻlarni tarkibida davlat ulushi boʻlgan sugʻurta tashkilotlari ustav jamgʻarmalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirish chogʻida mazkur mablagʻlar davlatga tegishli ulush miqdoriga qoʻshib hisoblanadi;

2002-yilning 1-fevralidan boshlab toʻrt yil mobaynida sugʻurta tashkiloti tugatilgan yoki u sugʻurta faoliyatini toʻxtatgan hollarda daromad (foyda) soligʻining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 31-yanvar,

PF-3022-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.