PF-3023-son Farmon · 06.02.2002

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3023
  • Qabul qilingan sana:06.02.2002
  • Kuchga kirgan sana:06.02.2002
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 3-4

Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasini yanada takomillashtirish va Oliy sud sudyalarining shtatlar sonini maqbullashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining shtatlar sonini qisqartirish boʻyicha taklif maʼqullansin va Oliy sudning tuzilishi va shtatlar birligining soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining qisqartiriladigan 12 ta shtat birligi 3-ilovaga muvofiq fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlariga yoʻnaltirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 2, 3 va 5-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 6-fevral,

PF-3023-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi PF-3605-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi PF-3605-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.