PF-3077-son Farmon · 20.05.2002

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3077
  • Qabul qilingan sana:20.05.2002
  • Kuchga kirgan sana:20.05.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4-5

Xalqaro valyuta fondi bilan imzolangan iqtisodiy va moliyaviy siyosat toʻgʻrisidagi Memorandumga muvofiq hamda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy sohada va bank tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PF-3664-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 295-modda)

2. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni 4-ilovasidagi “6. Quruq sut (Tashqi iqtisodiy faoliyat TN boʻyicha kodi — 0402 10 — 0402 21)”, “7. Choy xom-ashyosi, choy (0902)” va “9. Etil spirti (2207)” satrlari chiqarib tashlansin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 20-may,

PF-3077-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.