PF-3178-son Farmon · 20.12.2002

Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3178
  • Qabul qilingan sana:20.12.2002
  • Kuchga kirgan sana:20.12.2002
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 24

Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlashda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishda prokuratura organlari xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni takomillashtirish maqsadida:

1. Mansab darajasiga ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.

2. 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab prokuratura organlari xodimlarining ish haqi jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish hamda davlat xizmatchilarining mansab maoshlariga ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti)ni 25 foizgacha koʻpaytirish hisobiga oʻrta hisobda 1,3 baravar oshirilsin.

3. Prokuratura organlari xodimlarining ish haqini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

4. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 20-dekabr,

PF-3178-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.