PF-3170-son Farmon · 04.12.2002

“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3170
  • Qabul qilingan sana:04.12.2002
  • Kuchga kirgan sana:04.12.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 12

Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va respublika hududiga isteʼmol tovarlari olib kelish tartibini soddalashtirish maqsadida:

1. 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari olib keladigan yuridik shaxslardan isteʼmol tovarlari importiga amaldagi bojxona toʻlovlari bilan bir qatorda undiriladigan yigʻim bekor qilinsin.

2. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 4-dekabr,

PF-3170-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.