Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 26-noyabrdagi PQ-1006-sonli qarorining ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-fevral,
PQ-1283-son