PQ-1316-son Qaror · 02.04.2010

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1316
  • Qabul qilingan sana:02.04.2010
  • Kuchga kirgan sana:02.04.2010
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 14-15

Respublikaga avtotransport vositalarini olib kirishni yanada tartibga solish va mahalliy avtomobilsozlik korxonalari mahsulotlarining raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 2010-yilning 1-aprelidan boshlab ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 2-aprel,

PQ-1316-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.