PQ-39-son Qaror · 29.03.2005

“OʻzDEUavto” AJda “Lasyetti” avtomobillari ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-39
  • Qabul qilingan sana:29.03.2005
  • Kuchga kirgan sana:29.03.2005

“Lasyetti” avtomobilining yangi modelini Oʻzbekiston Respublikasi bozoriga olib chiqish, “OʻzDEUavto” AJ va mahsulotlar mahalliylashtiriladigan zavodlarda texnologiya ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

2003-2004-yillarda “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 820 ta “Lasyetti” avtomobili ishlab chiqarilgani va respublikaning ichki bozorida sotilgani;

Mahsulot sertifikatlangani, “Lasyetti” avtomobillarining issiq iqlim sharoitlaridagi va yonilgʻi tejash sinovlari nihoyasiga yetkazilgani;

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi bilan kelishilgan holda “Lasyetti” modelini yirik blokli yigʻishdan toʻliq ishlab chiqarish sikliga oʻtish texnologiyasi boʻyicha ishlab chiqarishni oʻzlashtirish rejasi ishlab chiqilayotgani;

“OʻzDEUavto” AJ bilan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan konraktlarga muvofiq 2005-yil yanvaridan boshlab 3008 ta avtomobilga butlovchi detallarning yirik blokli uzellari yetkazib berilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda “Lasyetti” modelini ichki va tashqi bozorlarda sotish istiqbollarini oʻrganish maqsadida marketing tadqiqotlarini oʻtkazsin hamda “Lasyetti” modelini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish rejasiga muvofiq, sotish hajmlarini taʼminlaydigan tadbirlarni tayyorlasin.

3. 3008 ta “Lasyetti” avtomobilini yigʻish uchun “OʻzDEUavto” AJ bilan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi oʻrtasidagi kontraktlar boʻyicha olib kelinadigan butlovchi detallar va uzellar 2005-yilda, istisno tariqasida, bojxona toʻlovlar toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.

4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 29-mart,

PQ-39-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.