PF-330-son Farmon · 05.02.1992

Respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari hamda taʼlim-yordamchi xodimlariga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-330
  • Qabul qilingan sana:05.02.1992
  • Kuchga kirgan sana:01.03.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 4

Respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari tarkibining, ilmiy xodimlari hamda taʼlim-yordamchi xodimlarining moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, narxlar erkin boʻlgan sharoitda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha tiplardagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining qismlari qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari va taʼlim-yordamchi xodimlariga ham joriy etilsin:

— ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni shaxsiy mulk qilib bepul berish;

— kvartira haqi va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashda imtiyozlar;

— yer uchastkalarini va yakka tartibdagi qurilish uchun binokorlik materiallarini sotib olishga birinchi navbatda ajratib berish.

Farmon mazkur bandining amal qilishi kamida 10 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarning ushbu toifasiga mansub pensionyerlarga joriy etilsin.

2. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida 10 kun muddat ichida qaror loyihasini tayyorlashi zarur.

3. Ushbu Farmon 1992-yilning 1-martidan kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 5-fevral,

PF-330-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.