PF-455-son Farmon · 19.08.1992

Uy-joylar xususiylashtirilishi munosabati bilan aholining kam taʼminlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashga oid qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-455
  • Qabul qilingan sana:19.08.1992
  • Kuchga kirgan sana:19.08.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 10

Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida uy-joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq aholining kam taʼminlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash maqsadida:

1. Fuqarolar yashab turgan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan) kvartiralar (xonalar) va alohida uylar ular qaysi idoraga qarashli ekanligidan qatʼi nazar ular:

(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)

— halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalariga;

— baynalminal jangchi nogironlari boʻlgan oilalarga;

— I guruh koʻzi ojiz nogironlari boʻlgan oilalarga;

— 18 yoshgacha 7 va undan ortiq farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalarga;

— farzand qilib olingan va vasiylikka olingan ota-onasiz yetim bolalarga;

— uch va undan ortiq mehnatga yaroqsiz oila aʼzolari boʻlgan boquvchisini yoʻqotgan oilalarga;

— ishlamaydigan I va II guruh nogironlariga;

— 1930—1950-yillarda qatagʻon qilingan va hozirgi vaqtda oqlangan kishilari boʻlgan oilalarga;

— Chernobil halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan aʼzolari boʻlgan oilalarga bepul shaxsiy (hissador) mulk qilib berilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmon roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 19-avgust,

PF-455-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.