Respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida va ularning Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qoʻshgan hissasini eʼtiborga olib:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrida chiqargan Farmonining quyidagi qismlari respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga xam tatbiq etilsin:
ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va xonalar shaxsiy mulk qilib bepul topshirilsin;
yer uchastkalari va yakka tartibdagi qurilishga sotib olish uchun binokorlik materiallar birinchi navbatda ajratib berilsin.
Ushbu Farmon 1-bandining amal qilishi mehnat faoliyatining mazkur sohalarida kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan yuqorida aytib oʻtilgan toifadagi xodimlar jumlasiga kiruvchi nafaqaxoʻrlarga ham tatbiq etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlasin.
3. Ushbu Farmon 1992-yilning 1-avgustidan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-iyul,
PF-448-son