PF-1740-son Farmon · 31.03.1997

QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISh VA RESPUBLIKANING FOND BOZORIDA XORIJIY INVESTORLAR IShTIROKINI KENGAYTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1740
  • Qabul qilingan sana:31.03.1997
  • Kuchga kirgan sana:31.03.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 3

Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish va kengaytirish, fond bozorida investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning faolligini oshirish maqsadida:

1. Shu narsa belgilansinki, davlat oʻz ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirish chogʻida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining quyidagi paketlari koʻzda tutiladi:

davlatga — aksiyalarning koʻpi bilan 25 foizi;

mehnat jamoasiga — aksiyalarning koʻpi bilan 26 foizi;

xorijiy investorga sotish uchun — aksiyalarning kamida 25 foizi;

qolgan qismi — erkin savdoga.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ayrim hollarda xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari paketini tender (tanlov) shartlari asosida taqsimlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur tartib emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi, shundan keyin sotib olinmagan aksiyalarning hammasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan yuridik va jismoniy, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga erkin sotish uchun qoʻyiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bir hafta muddatda davlat korxonalari negizida tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyati taʼsischilari oʻrtasida aksiyalarni taqsimlashni taʼminlash mexanizmining normativ-huquqiy asosini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsinlar.

4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Davlat mulki qoʻmitasi raisi V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 31-mart,

PF-1740-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.