PF-1776-son Farmon · 08.05.1997

Gʻalaba kuni bayrami munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1776
  • Qabul qilingan sana:08.05.1997
  • Kuchga kirgan sana:08.05.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4-5

1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba kunini nishonlash yuzasidan va urush qatnashchilariga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushining nogironlari va qatnashchilariga eng oz mehnat pensiyasi miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti belgilansin.

2. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mazkur mukofotning toʻlanishini taʼminlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 8-may,

PF-1776-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.