PF-480-son Farmon · 08.10.1992

Ilm-fan sohasi xodimlariga imtiyozlar berish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-480
  • Qabul qilingan sana:08.10.1992
  • Kuchga kirgan sana:10.10.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 12

Ilm-fan sohasi xodimlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ular qoʻshgan hissani eʼtiborga olib:

1. “Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining quyidagi qismi respublika ilm-fan sohasi xodimlariga joriy etilsin:

— ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralar shaxsiy mulk qilib bepul topshirilsin;

— yer uchastkalari va yakka tartibda uy-joylar qurishga sotib olish uchun binokorlik materiallari birinchi navbatda ajratib berilsin.

Ushbu Farmon 1-bandining amal qilishi mehnat faoliyatining ana shu sohasida kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ilmiy xodimlar jumlasiga kiruvchi nafaqaxoʻrlarga ham joriy etilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlasin.

3. Ushbu Farmon eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 8-oktabr,

PF-480-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.