PF-481-son Farmon · 22.10.1992

Paxtaning xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-481
  • Qabul qilingan sana:22.10.1992
  • Kuchga kirgan sana:22.10.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 12

Etishtirilgan paxta hosilini tezroq yigʻib-terib olishda qishloq xoʻjaligi mehnatchilarini ragʻbatlantirish, moddiy-texnika va energetika resurslariga oshib ketgan xarajatlarni qoplash, shuningdek xoʻjaliklarning iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 1992-yilgi hosildan boshlab davlat buyurtmasi hisobidan davlatga sotiladigan paxtaning amaldagi xarid narxlari 1,5 baravar oshirilsin (xoʻjaliklar paxta tayyorlash rejasidagi mahsulotning 15 foizini va rejadan tashqari paxta hajmini erkin shartnomaviy narxlarda sotadilar).

2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq paxta zavodlarining sotilgan paxta uchun xoʻjaliklar bilan hisob-kitob qilish tartibini ishlab chiqsin. Bunda daromadlar xolisona taqsimlanishi koʻzda tutilib, moliyaviy qoidalar buzilishiga va suiisteʼmollarga yoʻl qoʻyilmasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi paxtaning yangi narxlari hamda paxta tolasining ulgurji narxlari preyskurantlarini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 22-oktabr,

PF-481-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.