PQ-312-son Qaror · 27.03.2006

“Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-312
  • Qabul qilingan sana:27.03.2006
  • Kuchga kirgan sana:27.03.2006
  • Holati:Amalda

Koreya Respublikasi Hukumati Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi (EDCF)ning imtiyozli kreditini jalb etish hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida:

1. Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 30,0 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda, oʻn yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 30 yil muddatga 1(bir) foiz yillik stavka boʻyicha koreys vonidan kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi EDCF krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki EDCF kreditiga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi.

kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, komissiyalar, foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

3. Loyihani moliyalashtirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;

loyihani amalga oshirish uchun EDCF krediti boʻyicha beriladigan asosiy qarzni qaytarish va foizlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Koreya Respublikasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida EDCF kreditini berish toʻgʻrisidagi Bitimni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasining Eksport-import banki oʻrtasida krediti bitimini imzolash vakolati berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banki bilan Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan foydalanish, xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish boʻyicha Agentlik bitimini tuzsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Eksport-import banki oʻrtasidagi kredit bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda mazkur kredit bitimi doirasida, oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida tuziladigan import shartnomalari boʻyicha xulosalar berilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga EDCF krediti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha zarur hujjatlar va iqtisodiy asoslarni, jumladan uskunalar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatishga tender hujjatlarini kelishib olishga belgilangan tartibda taqdim etsin;

bir oy muddatda Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish va unga loyihani amalga oshirish, jumladan kredit mablagʻlaridan hukumatlararo bitimlar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish vazifalarini yuklash toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

EDCF krediti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek, maktablarga asbob-uskunalar oʻrnatishga va ulardan avaylab foydalanishga oʻz vaqtida tayyorlanishni taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga mazkur loyihaning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hissasini ulushli moliyalashtirish uchun 2007 — 2009-yillarda Xalq taʼlimi vazirligiga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

11. Loyihani amalga oshirish davrida:

EDCF krediti mablagʻlari hisobidan tender asosida sotib olinadigan asbob-uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari);

Koreya Respublikasi Hukumati krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banklari va boshqa xorijiy ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi toʻlov manbalaridan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish-chiqish vizalarini loyiha amalga oshiriladigan davr mobaynida konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarning vaqtincha roʻyxatda turishi davlat bojlari undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 27-mart,

PQ-312-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qaroriga1-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini moliyalashtirish

Izoh: * Hisob-kitob qiymati 2007 — 2009-yillarda maktablarning manzilli roʻyxatini shakllantirish natijalariga koʻra belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qaroriga2-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun EDCF krediti boʻyicha beriladigan asosiy qarzni qaytarish va foizlarini toʻlash

Izoh: * Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish davrida kredit summasi hisobidan toʻlab beriladi.

** Foizlarni toʻlash summasi kreditni oʻzlashtirishning amaldagi sanalarga qarab aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.