PQ-308-son Qaror · 23.03.2006

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-308
  • Qabul qilingan sana:23.03.2006
  • Kuchga kirgan sana:23.03.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 12-13

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirib borilayotgani, aholiga qoʻshimcha yer maydonlari berilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam koʻrsatib kelinayotgani shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpayishiga, ichki isteʼmol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan toʻldirishga imkoniyat yaratdi.

Ayni paytda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash, birinchi navbatda qoramol boqish va yetishtirish, shu asosda qishloq aholisining bandlik darajasini koʻtarish va oilalar daromadini oshirishning mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti. Chorva mol boqayotgan shaxslarni ish bilan band aholi toifasiga kiritish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari hal etilmagan. Xoʻjaliklarni zotdor, sermahsul chorva mol bilan, omuxta yem va shirali ozuqa bilan taʼminlash borasidagi ishlar qoniqarsiz ahvolda, zooveterinariya va boshqa servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha infratuzilma tarmogʻi, shuningdek, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni mikrokreditlash tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan.

Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan taʼminlash va shu asosda oilalar daromadini oshirishning muhim omili sifatida chorva mollari, eng avvalo qoramol boqayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish uchun zarur huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Belgilansinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish bilan band boʻlgan shaxslar, oʻzlari yetishtirgan chorvachilik mahsulotlaridan qanday foydalanishidan qatʼi nazar, ish bilan taʼminlangan aholi toifasiga kiritiladi va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻladilar.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol oʻstirish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda hisoblab chiqiladi.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda mehnat daftarchalarini ochish va yuritish, mehnat organlarida hisobga olish, pensiya tayinlash uchun mehnat stajini hisoblash va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini belgilasin.

2. 2006—2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi maʼqullansin, unda:

mintaqalar boʻyicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida qoramollar sonini 1*-2-ilovalarga muvofiq koʻpaytirish;

* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari tarmogʻini 3-ilovaga muvofiq kengaytirish;

4-ilovaga muvofiq zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish nazarda tutilsin.

Dasturning tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (S. Ismoilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun fuqarolarga oʻzini-oʻzi boshqarish organlari — mahalla qoʻmitalarining kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan Tartibini tasdiqlasin.

(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)

4. “Homiylar va shifokorlar yili” Dasturiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylardagi ehtiyojmand va koʻp bolali oilalarga, eng avvalo maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari boʻlgan oilalarga har bir qishloq tumani boʻyicha kamida 100—200 oilani qamrab olgan holda, homiylar, shuningdek, nodavlat hayriya tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan hayriya yordami koʻrsatish boʻyicha aniq tadbirlar ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qishloq joylardagi ehtiyojmand koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda chorva mol boqish koʻnikmalari, sharoit va imkoniyatlari mavjudligi, jumladan omuxta yem va shirali ozuqa bilan taʼminlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojmand oilalarni aniqlashning qatʼiy mezonlari nazarda tutilsin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, shu jumladan shartnomalar boʻyicha fermer xoʻjaliklaridan sotib olinadigan dondan ishlab chiqariladigan omuxta yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari bemalol olishini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini, 6-ilovaga muvofiq, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalarni berish yoʻli bilan taʼminlasinlar.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)

7. 2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha qabul qilinishi zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qaror talablarini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Dasturning bajarilishi yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari majlislarida koʻrib chiqilsin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 23-mart,

PQ-308-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 2-ILOVA

2006 — 2010-yillar davrida yirik qoramollar sonini koʻpaytirishi bilan shugʻullanadigan fermer xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 3-ILOVA

Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari tarmoqlarini kengaytirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 4-ILOVA

2006 — 2010-yillarda yirik zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 6-ILOVA

2006 — 2010-yillar davrida “Oʻzdonmahsulot” DAK korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem punktlarini tashkil etish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 8-ILOVA

2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.