PQ-1522-son Qaror · 25.04.2011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1522
  • Qabul qilingan sana:25.04.2011
  • Kuchga kirgan sana:25.04.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 17

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmol tovarlari importini bojxona-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 4-martdagi PQ-1496-sonli qaroriga hamda “Isteʼmol tovarlari importini bojxona-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi PQ-1507-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarorining 12-2-ilovasiga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar 2011-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kirgan.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 25-aprel,

PQ-1522-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.