PQ-1529-son Qaror · 12.05.2011

Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1529
  • Qabul qilingan sana:12.05.2011
  • Kuchga kirgan sana:12.05.2011
  • Rasmiy nashr:O‘R QТ 22-23

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish va xarajatlarini kamaytirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 445-modda)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan namunaviy taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida mazkur qarorda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning mazmunini, mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishdagi ularning ahamiyatini ochib beruvchi keng koʻlamli tushuntirish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritsin.

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 12-may,

PQ-1529-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-son qaroriga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-son qarorining 2-bandida:

a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-oktabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasida, “Kichik korxonalar” ustunidagi 30, 32, 71, 72, 74 — 77, 79, 81, 84, 90, 92, 93, 111, 125, 134, 138 — 140, 158, 159, 173, 174, 178, 181, 188, 214 — 216, 282, 283, 286, 303, 326, 337, 349, 352, 354, 366 — 368, 382, 383-satrlardagi “21 — 50” raqamlari “21 — 100” raqamlariga almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.