PQ-1532-son Qaror · 19.05.2011

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1532
  • Qabul qilingan sana:19.05.2011
  • Kuchga kirgan sana:19.05.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22-23

1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisida 2010-yil 10-dekabr kuni Moskva shahrida imzolangan shartnomasi tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shartnomaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan markaziy vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakolatli organlar etib belgilansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4333-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4333/3174-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani hamda Shartnomaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 19-may,

PQ-1532-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.