PF-4311-son Farmon · 23.05.2011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4311
  • Qabul qilingan sana:23.05.2011
  • Kuchga kirgan sana:23.05.2011
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22-23

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 30-martdagi PQ-1514-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 23-may,

PF-4311-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-son Farmonining:

a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini tashkil etish zarur deb hisoblansin”;

b) 3 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ-300-son qarorida:

a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklansin:

Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni davlat roʻyxatiga olish;

Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalarga isteʼmol tovarlari bilan ulgurji savdo qilishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish”;

b) 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.